Tumandagi yirik loyihalar, yangi texnologiyalar, startaplar, raqamli tizimlar va ilmiy ishlanmalar haqidagi ma'lumotlar jamlanmasi.
2026-yil 9 oylik hisobotlar asosida
Yirik loyihalar, raqamli tizimlar, texnologiyalar va ilmiy ishlanmalar
J-United Group, KRICT Direksiyasi va HS Partners Korea loyihalari
83 ta IT Park rezidentida (5-oktabr holati). Yirik loyihalarda yana 536 ta ko'zda tutilgan
14 ta mahallada kuzatuv kameralari o'rnatilgan, jumladan 414 ta aqlli kamera. 70 ta mahallaning barchasida videokonferensaloqa
Innovatsion infratuzilma subyekti (1 tasi tugatilgan)
Texnologik innovatsiya bilan shug'ullanuvchi sanoat korxonasi
Tumanda yaratilgan yangi texnologiya
Ro'yxatga olingan patent
Xorijiy hamkorlikdagi loyiha
Xususiy sektorning ishlanma va tadqiqotga investitsiyasi
Startap loyiha
Ishlanma va tadqiqotlarga xorijiy grant
Yirik loyihalar, raqamli tizimlar, InnoWeek-2026 texnologiyalari va ilmiy ishlanmalar.
Filtrlarni o'zgartirib ko'ring yoki birinchi bo'lib ushbu yo'nalishda startap taklif qiling.
Mirzo Ulug'bek tumanida 2026-yilda amalga oshirilgan va davom etayotgan innovatsion ishlar xronologiyasi.
Mahalliy byudjet tushumlari, dastlabki 5 oy
Ish o'rni legallashtirildi, dastlabki 5 oy
64-maktabda davomat, iyun holati
Kommunal soha debitor qarzdorligi, iyun holati
“J-United Group” MChJ: drenaj va kotlovan ishlari tugatildi, beton quyish va 1–2-qavat poydevori ishlari davom etmoqda. Investitsiya prognozga nisbatan 100% bajarilmoqda.
37 ta maktabda kabel-montaj ishlari yakunlandi. 25 ta maktabda 321 ta kamera o'rnatildi. 64-maktabda o'zlashtirish 75% dan 83% ga oshdi, huquqbuzarliklar 6 tadan 3 taga kamaydi.
Sayyor qabulda korxonaning veb-dastur va sun'iy intellekt yechimlarini hokimlik faoliyatida sinov tariqasida qo'llash imkoniyatlari ko'rib chiqildi.
“CAEx” ko'rgazmalar majmuasida tumandagi tadbirkorlik subyektlari va oliy ta'lim muassasalari ishlanmalari, startap loyihalari va stendlari bilan qatnashdi.
“KRICT Direksiyasi” MChJ: kimyo sanoati uchun ilmiy-ishlab chiqarish va ta'lim klasteri ishga tushirildi.
Kampusning ikki yilligi nishonlandi, tadbirda 100 nafardan ortiq yosh qatnashdi.
“Inno” innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkida tumandan “ZiyoFlix” va “Dentical” loyihalari ishtirok etishi ta'minlandi.
Yoshlar, dasturchilar va startap tashabbuskorlari raqamli mahsulot va prototiplarni taqdim etdi. Istiqbolli loyihalarni pilot tariqasida sinash o'rganilmoqda.
“Navro'z” dehqon bozori va “Eko bozor” savdo kompleksida Situatsion markaz tashkil etilib, 24/7 monitoring yo'lga qo'yildi. To'lovlar QR-kod tizimiga o'tkazildi. 13 ta avtoturargoh “Click Parking” platformasiga ulandi.
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida 50 nafardan ortiq yosh qatnashdi, axborot texnologiyalari, ta'lim, tibbiyot va muhandislik yo'nalishidagi loyihalar baholandi.
5 nafar g'olib mahalliy byudjetdan jami 10,3 mln so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
“Aqlli tuman” platformasi, Call-markaz va operativ dashboard yagona tizimga birlashtirildi. Sun'iy intellekt asosida murojaatlarni tahlil qilish va rahbariyat uchun virtual assistent yaratish ishlari olib borilmoqda.
Umumta'lim maktablarida bepul master-klasslar va ikki bosqichli IT olimpiadasi tashkil etiladi.
Tibbiyotda DMED platformasini to'liq joriy etish, barcha kommunal xizmatlarni integratsiya qilish va sun'iy intellekt asosidagi tahliliy modullarni kengaytirish rejalashtirilgan.
2026-yil avgustida 45 ta elektrotexnika korxonasi so'rovnoma orqali o'rganildi. Ehtiyojlardan kelib chiqib 6 ta korxona va ilmiy tashkilot hamkorligi taklif etildi.
Kavitatsiya tadqiqoti natijalarini korxona nasoslarida amaliyotda sinash.
Materialshunoslik bo'yicha qo'shma tadqiqot yo'lga qo'yish.
Suv hisobini masofadan yuritish uchun IoT yechimlarini ishlab chiqish.
Chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasiga ilmiy baho berish.
Aqlli lyustralar uchun boshqaruv dasturi va IoT qismini yaratish.
Talabalar uchun amaliyot va stajirovka yo'lga qo'yish.
Savollaringiz va loyihalaringiz bo'yicha mas'ullarga murojaat qilishingiz yoki qabulga kelishingiz mumkin.
Tuman hokimining o'rinbosari
Innovatsion rivojlanish masalalari bo'yicha mas'ul rahbar.
Innovatsion masalalar bo'yicha bosh mutaxassis
Loyiha va arizalar bo'yicha murojaatlar shu mutaxassis orqali qabul qilinadi.
Ta'lim va ilm-fan vazirligi huzurida
28 ta innovatsion tuman va shahar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Muvaffaqiyatli bajarildi!
Loyiha reestrga muvaffaqiyatli qo'shildi.